Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda tanga yutib yuborgan bola hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolindi

Buxoroda tanga yutib yuborgan bola hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolindi

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi xonadonlardan birida nazoratsiz qoldirilgan 2 yoshli o‘g‘il bola 2 ta 1 rublli tangalarni yutib yuborgan. Uning hayoti shifokorlar tomonidan qutqarib qolingan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat Sog‘likni saqlash bshqarmasi matbuot kotibi Bekzod Zaripov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qarovsiz va nazoratsiz qoldirilgan bola 2 dona tangani yutib yuborgan. Bolaning yaqinlari uning tanga yutganidan xabarsiz bo‘lishsa-da, nafas olish darajasi susayotganini sezishgan. Shunga qaramay, salkam bir soatcha vaziyat o‘nglanishini kutishgan.

«Bola noxush ahvolda qolgan bo‘lsa-da, ota-onasi oradan bir soatcha vaqt o‘tib, Qorako‘l tuman Tibbiyot birlashmasiga keltirishgan. Agar yana ikki soat kechikishsa, bu o‘zining og‘ir asoratini ko‘rsatardi. Tibbiy tekshiruvda tangalar bolaning qizilo‘ngach toraymasiga tiqilib qolgani aniqlandi. Zudlik bilan Qorako‘l tuman qo‘shma jaroxatlar va yurak qon tomir markazida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyoti 30 minut davom etdi. Ota-onalardan bolalari hayoti uchun mas’ul bo‘lishlarini, ularni qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasliklarini qat’iy so‘rab qolamiz»,-deydi tajribali shifokor Feruz Tangotarov.

Bola hayotining saqlanib qolinishida endoskopist Sadriddin Nuriddinov, reanimatolog Doniyor Qurbonov, navbatchi jarrohlar Ali Ochilov hamda Ma’ruf Shukurovlarning hissasi kata bo‘lgan.

Hozirda bolaning ahvoli barqaror va shifokorlar nazoratida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring