Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘ladi

Buxoroda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘ladi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

8-10 iyun kunlari Buxoroda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan mazkur musobaqaga «Buxoro» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Ilk bor Buxoroda tashkil qilanyotgan ushbu xalqaro turnirda Hindiston, Italiya, JAR, Meskika, Eron kabi 50 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod kurashchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Bahslar erkaklar o‘rtasida kurashning barcha vazn toifalarida (-60, -66, -73, 81, 90, -100 va +100) bo‘lib o‘tsa, ayollar o‘rtasida -52 kg, -63 kg va -78 kg vazn toifalarida o‘tkaziladi.

Xalqaro musobaqa katta sovrin jamg‘armasiga ko‘ra unda g‘alaba qozongan kurashchiga 3 000, kumush medal egasiga 2 000 va bronza medali sohibiga 1 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring