Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda qamish o‘g‘rilari ushlandi

Buxoroda qamish o‘g‘rilari ushlandi

“A-380” avtomagistralining Qorovulbozor-Kogon yo‘lida nokonuniy ravishda qamish o‘simligi tashib ketilayotgani aniqlangan.

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassis va inspektorlari 18-oktyabr kuni tungi paytda o‘tkazilgan ekologik reyd tadbiri davomida “GAZ-53” mashinasi noqonuniy ravishda qamish o‘simligini tashib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan.

Ekologik surishtiruv chog‘ida qonunbuzarlar avtomashina bortiga yuklangan qamish o‘simligini “Xadicha” ko‘liga tutash zovur bo‘yidan o‘rib olganliklarini tan olishgan.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Qonunbuzarlikning asosiy vositasi yuk transporti Kogon tumani jarima maydonchasiga vaqtincha qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring