Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh qilindi

Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh qilindi

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, «Imudon», «Serebrolizin», «Dofamin», «Maaloks» kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar olib borilgan tekshiruv davomida Buxoro shahrida yashovchi 1962-y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlangan.

«Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» DM xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmagan, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, 6 nomdagisi sifatsiz hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilgan, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, agarda ushbu dori vositalari to‘xtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan bo‘lar edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring