Buxoroda yangi qurilayotgan 9 qavatli binoda yong‘in chiqdi

Bugun, 24 iyul kuni soat 12:20da Buxoro shahar «Bunyodkor» MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in qutqaruv ekipaji soat 12:22da etib borib, yong‘in 12:49da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘inining kelib chiqish sababi payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter