Buxorodagi futbol mushtlashuvga aylanib ketdi. IIB ma’lumoti

Tarmoqda Buxoroda tashkil etilgan futbol o‘yini mushtlashuvga aylanib ketgani videosi tarqaldi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Joriy yilning 5fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Jondor tumani, «Moxon» qishlog‘ida joylashgan stadionda «Tobagar» va «Chandir» qishloqlari fuqarolari o‘zaro futbol o‘yini o‘ynaganliklari aniqlandi.
Futbol o‘yinining tashkil qilinishi, o‘yin davomida sodir bo‘lgan janjal va bu jarayonda biror bir fuqaroning tan jarohati olganligi to‘g‘risida IIBga murojaat kelib tushmagan.
Holatga va ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda ularning hatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter