Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Hodisa bugun, 4-fevral kuni soat 17:50 da Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 8 qavatli binoda sodir bo‘lgan.

FVVning ma’lum qilishicha, ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Natijada uch kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari hodisa sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda. Yangi ma’lumotlardan xabardor qilib boramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring