«Buyraklar vodiysi» — go‘zal tabiat biqinidagi chandiq
Nepalda buyraklar savdosi avj olgan, odamlar yangisi o‘sib chiqadi degan aldovlarga uchib qolishmoqda. Sky News odam tana a’zolari qora bozoriga bag‘ishlangan reportaj tayyorladi.
Onda-sonda bo‘lsa tushunarli, ammo Himolay tog‘i etaklarida butun boshli «Buyraklar vodiysi» degan joy bor. Bu qishloqlarda yashovchi ko‘pchilikning biqini o‘ng yo chap tomoniga chandiq tushgan.
Odamning ichki a’zolari qaytadan o‘sib chiqadi degan gapga laqqa tushgan ayrim soddalar buyraklarini sotib yuborishmoqda. Yana ko‘plar «osmondan tushgan pul»ga xursand, chunki ertaga buyraklari yangitdan o‘sib chiqishiga ishonishadi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter