Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BYD katta tezlikda urib yuborgan o‘quvchi halok bo‘ldi

BYD katta tezlikda urib yuborgan o‘quvchi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda BYD mashinasi yo‘ldan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani haqida video tarqaldi.

Hodisa vaqtida videoni olayotgan mashinaning 70 km/soat tezlikda harakatlangani ko‘rinadi, BYD esa uni quvib o‘tganiga qaraganda tezlik belgilanganidan ancha yuqori bo‘lganini anglash qiyin emas.

Toshkent shahar IIBB halat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 19 sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent ko‘chasida, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring