Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charlz III kuniga 200 ta xatga javob beradigan odam qidiryapti

Charlz III kuniga 200 ta xatga javob beradigan odam qidiryapti

Foto: The Royal Family/Twitter

Britan qiroli Charlz III ning xatlar bo‘limiga boshliq qidirilmoqda. «Xatboshi» qirol, qirolicha-konsort Kamilla, shahzoda Uilyam va Keyt Middltonga kelgan xatlarga javob berishi kerak, deb yozmoqda Daily Mail.

Qirollik oilasi ularning xatlariga «ehtiyotkor yondashuvchi» hamda «did bilan saralovchi» odamni qidirayotganini ma’lum qilgan. U tavallud sanalari va boshqa oilaviy ayyomlar munosabati bilan keluvchi maktublarga «odatiy javoblar»dan tashqari, «shaxsan javoblar yozish» qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim, deyiladi kecha qirollik oilasi saytida paydo bo‘lgan e’londa.  Nomzodlar 27-noyabrgacha ariza topshirishlari kerak.

Xatboshining maoshi — yiliga 60 ming funt sterling (taxminan 70 ming AQSh dollari). Qiladigan ishi qirollik kotibiyatida o‘tirib, haftasiga besh kun, jami 37,5 soat ishlash. Oson ishmas, masalan, marhum qirolicha kuniga 200 tagacha, yiliga 70 mingta chamasi maktub olgan.

Aftidan, Bukingem saroyiga kelayotgan xatlarning oxiri yo‘q, shunday ekan, yangi xodim har kuni dunyoning turli nuqtalaridan yo‘llangan yuzlab maktublarni eplashiga to‘g‘ri keladi.

Qirollik xatboshisiga qo‘yilayotgan talab shu bilan tugamaydi: odamlarni boshqarish bo‘yicha kuchli iqtidor egasi bo‘lishi, shuncha xatlarga javob yozishdan tashqari, vaqti kelganida shaxsiy kotib o‘rinbosari vazifasini ham bajarishi talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring