«Chelsi» klubiga Amerikadan yirik xaridor chiqdi
Amerikaning Raine banki Angliyaning «Chelsi» jamoasini sotib olish taklifi bilan chiqqandi, londonliklar jamoa narxini 4,25 mlrd. funt (5,36 mlrd. dollar) deb baholagan.
Lekin AQSh tomoni jamoa uchun 3 mlrd. dollar berishga tayyorligini bildirgan. Ayni paytda muzokaralar davom etyapti, Britaniya hukumati va APL rahbariyatining roziligini olish qolgan xolos.
«Chelsi» klubining yangi xo‘jayini 2 may kuni e’lon qilinishi mumkin. Bu amalga oshsa, britan futboli tarixidagi eng yirik kelishuvga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoaning sobiq xo‘jayini Roman Abramovich G‘arb qo‘llagan sanksiyalar ortidan Angliyadan qochib ketgandi, «Chelsi»ni hatto sotolmagandi ham.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter