Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika instituti bepul qayta tayyorlash kurslarini ochdi

Chirchiq davlat pedagogika instituti bepul qayta tayyorlash kurslarini ochdi

Foto: «Telegramm»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 25-yanvardagi «Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzurida Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 4 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi. Bu haqda institut ma’muriyati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lgan fuqarolar qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinadi.

  • Defektologiya (logopediya)
    Amaliy psixologiya
    Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari faoliyati joriy yilning 22-fevralidan boshlanadi. Qayta tayyorlov kurslarida o‘qish bepul, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

Manzil: Chirchiq shahar Amir Temur ko‘chasi 104-uy.

Tel:(0370)712-45-40. 712-45-41. 712-45-42. 712-45-43

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring