«Chiroyli avtoraqam» va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. fuqaro D.M.ning avtomashinasiga yo‘l harakatlari xavfsizligi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali «01 717» davlat raqamini olib berish evaziga 800 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter