Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chortoqda hokim almashdi

Chortoqda hokim almashdi

Anvar Otaxo‘jayev.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘ldi.

Tuman va viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik mas’ul xodimlari, tashkolot, korxona va muassasalar rahbarlari, viloyat boshqarmalari boshliqlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan mazkur sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Namnews.uz» xabar berdi.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Oybek Xabibullayevich Haydarov o‘z vazifasidan ozod etildi.

Olmaliq kon metallurgiya kombinati ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Xo‘jaxonovich Otaxo‘jayev viloyat hokimining 2019-yil 4-martdagi 158-sonli  qaroriga ko‘ra, Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida, Anvar Xo‘jaxonovich Otaxo‘jayev 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida viloyat istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi, viloyat iqtisodiyot boshqarmasi, viloyat tadbirkorlar  palatasi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat savdo-sanoat palatasi, O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, «Parrandasanoat» uyushmasida mas’ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring