Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cobalt» va «Spark» to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi

«Cobalt» va «Spark» to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati

13-may kuni soat 21:00 larda 24 yoshli X.X., boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinani Urganch shahar Jayxun ko‘chasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 23 yoshli D.U., ni boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, YHT natijasida «Spark» avtomashina haydovchisi D.U. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro X.X., nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring