COVID-19: Britaniya o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Britaniyada COVID-19 qurbonlari soni bir kecha-kunduzda 693 taga ko‘payib, 29 427 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.
Bu Buyuk Britaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Italiyadan o‘tib, AQShdan so‘ng ikkinchi o‘ringa ko‘tarilganini anglatadi.
Dushanba kuni vafot etganlar soni 28 734 kishini tashkil etgandi. Kunduzi 288 kishi hayotdan ko‘z yumdi, biroq bu ma’lumotlar dam olish kunlariga taalluqli. Dam olish kunlari esa ma’lumot berish tizimi to‘laligicha ishlamaydi.
«RIA Novosti»ning yozishicha, kasallikni yuqtirganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 4 406 nafarga ko‘payib, 194 990 kishiga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter