COVID-19. Mutaxassis jamoaviy immunitet hosil qilish uchun nima zarurligini aytdi

COVID-19ga tabiiy immunitetga erishish ilm-fan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Jamoaviy immunitet uchun ommaviy vaksinatsiya zarur, deb hisoblaydi Xitoy muhandislik fanlari akademiyasi akademigi, nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Chjun Nanshan.
«Tabiiy immunitet haqiqatga ham, ilm-fanga ham, insoniylikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois jamoaviy immunitet hosil qilish uchun ommaviy vaksinatsiya zarur», — dedi Chjun Nanshan onlayn tartibda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Xitoy simpoziumida.
Xitoylik ekspertning fikricha, jamoaviy immunitetga erishish uchun bir-ikki yil vaqt va xalqaro hamkorlik talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter