Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19: yangi global antirekord o‘rnatildi

COVID-19: yangi global antirekord o‘rnatildi

Foto: EPA / UPG

So‘nggi sutkada (10-sentyabr) jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 300 mingtadan ortiq holat qayd etildi. Bu pandemiya davridagi eng katta ko‘rsatkich.

Jahonda pandemiya boshlanganidan beri koronavirusni yuqtirganlar jami soni 28 347 771 nafarga yetdi. «Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 302 570 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingan — pandemiya davrida hali bunchalik yuqori ko‘rsatkich qayd etilmagandi.

Sutka davomida eng ko‘p bemorlar qayd etilgan mamlakatlar:

  1. Hindiston — 96 760
  2. Braziliya — 40 431
  3. AQSh — 38 811
  4. Argentina — 11 905
  5. Ispaniya — 10 764
  6. Fransiya  — 9 843
  7. Kolumbiya — 7808
  8. Peru — 7 291
  9. Rossiya — 5 363
  10. Meksika — 4 647.

Ayni paytga kelib jahon bo‘yicha jami tuzalganlar soni — 20 353 461 nafar, qurbonlar soni — 914 165 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring