COVID-19ni yengishda kerakli mablag‘ miqdori ma’lum qilindi
COVID-19ga qarshi kurashda xalqaro xarajatlar kamida 100 milliard dollarni tashkil etadi, deya ma’lum qildi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
«COVID-19ning keyingi to‘lqinlari asoratlariga yana 10 trillion sarflashdan oldin, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, butun olam yangi dori vositalari, jumladan, ishlab chiqilayotgan vaksinalarga 100 milliard sarflashiga to‘g‘ri keladi», — dedi u Jeneveda bo‘lib o‘tgan brifingda.
JSST bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, hozir JSSTning COVID-19ga qarshi kurashish uchun dori vositalarini ishlab chiqish, ishlanmalarni tezlashtirish, ishlab chiqarish va tartibga solish bo‘yicha xalqaro dasturiga 31,3 milliard zarur.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 20 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 737 ming nafari vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter