Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dafn etilgan 92 yoshli erkak 20 kundan so‘ng «jonlandi»

Dafn etilgan 92 yoshli erkak 20 kundan so‘ng «jonlandi»

Foto: «Fotolia / xy»

Portugaliyada 92 yoshli erkak o‘zining dafn marosimidan so‘ng tirik holda topildi, deya xabar bermoqda «Euro Weekly News» gazetasi.

Keksa kishi Oliveyra-di-Azemeysh shahar shifoxonasiga nafas olish yo‘llari kasalligi bilan yotqizilgach, u yerda ikki oy davolangan. Afsuski, u muolaja paytida koronavirusga chalinib qolgan.

10-yanvar kuni shifoxona xodimlari uning oilasidagilarga qarindoshi vafot etgani to‘g‘risida xabar berishdi. Ikki kundan so‘ng uni dafn etishdi. COVID-19 tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar tufayli oila dafn marosimida ishtirok eta olmadi. Biroq oradan 20 kun o‘tgach ular qarindoshi tirik ekanligidan xabar topishdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar uni boshqa marhum bilan adashtirib qo‘yishgan.

Erkakning qarindoshlari shifoxona kelgusida bunday xatoga yo‘l qo‘ymasligidan umid qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring