Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 7-9 iyun kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari 18-23 daraja, kunduzi 7 iyunda 32-37, 8-9 iyunda 34-39 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-22, kunduzi 7 iyunda 34-36, 8-9 iyunda 35-38 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring