Dam olish kunlari havo yana qizdiradi

O‘zbekiston bo‘yicha 27-28-may kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysi ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari havo harorati sekin ko‘tariladi va 32-35 darajani, shimolda va cho‘l hududlarda 35-37 darajani tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqindir.
Poytaxtimizda 27-28 may kunlari havo ochiq bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Havo harorati kechalari 16-18 daraja, kunduz kunlari 30-33 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter