Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? Hafta o‘rtasida kuzatilgan sovuqdan so‘ng, bugun va yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha havo asta-sekin iliqlashadi.
Bugun kunduzi havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida bo‘ldi, yakshanba kuni esa termometr ustuni 14-17 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0-5 daraja iliqni, shimolda ba’zi joylarda 1-2 daraja sovuqgachani tashkil etadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 15-noyabrda 8-11daraja iliq, 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter