Dasturxon ustida taomga muntazam tuz qo‘shib yeyish oshqozon saratoni xavfini kuchaytiradi — tadqiqot
Ovqatlanish paytida taomga muntazam tuz qo‘shib yeyish va oshqozon saratoni o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik bor — G‘arb mamlakatlarida yashovchilarning ma’lumotlarini o‘rgangan Vena tibbiyot universiteti (MedUni Vienna) olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Ilgari shunday holat asosan osiyoliklarda kuzatilgan. UK Biobankning 470 ming nafardan ziyod ishtirokchisi ma’lumotlarini tahlil qilish tuzni haddan ziyod iste’mol qilish barcha uchun xavfli ekanini tasdiqlamoqda.
Tadqiqot oshqozon saratoni rivojlanishi xavfi ovqatga tuz qo‘shib iste’mol qiluvchilarda boshqalarga nisbatan 41 foiz yuqoriligini ko‘rsatdi. Hatto qatnashchilarning yoshi, ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va boshqa kasalliklari hisobga olinganda ham yuqoridagi xulosa o‘zgarmadi: tuzni ko‘p iste’mol qilish — xavfli!
To‘g‘ri, tadqiqot ayrim nuqsonlardan xoli emas. Tadqiqot qatnashchilar soni juda ko‘p bo‘lgani bilan, oshqozon saratoniga chalinganlar soni potensial omillar (yosh, etnik kelib chiqish yoki oshqozon saratoniga olib keluvchi yana bir ma’lum omil — H. Pylori infeksiyasi kabilar)ni aniqlash darajasida yetarli bo‘lmadi. Qolaversa, qatnashchilarning barchasining ham parhez ma’lumotlari, jumladan, tuzni qancha ishlatishi haqida batafsil ma’lumot topilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter