Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi – Prezident farmoni

Joriy yil 5-may kuni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini takomillashtirishga doir PF-78-son Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025-yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter