Davlatimiz rahbari suv sporti majmuasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi. Prezident matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.
Bu maskan suzish va suvga sakrash mashqlari uchun mo‘ljallangan. Havzada tashkil etilgan 15 o‘quv mashg‘ulot guruhiga 170 dan ortiq o‘g‘il-qiz jalb qilingan.

Prezident sport majmualari bolalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Shu jihatdan majmuadagi shart-sharoitlarni yaxshilash, ventilyasiya, suv tozalash va isitish tizimlarini qayta ko‘rib chiqish, bunday loyihalarni jahon tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsilar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter