Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Surxondaryodagi «Darband» YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirida 21-aprel, yakshanba kuni soat taxminan 01:30 lar chamasida Denov-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro X.F. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi to‘xtatildi.
Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat veternariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda avtomashina yukxonasidan 40 yoshli denovlik fuqaro S.B.ga tegishli bo‘lgan hech qanday veterinariya hujjatlari bo‘lmagan 315 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ushbu go‘sht mahsuloti tegishli tartibda teshkshirilganda esa viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasi xulosasiga asosan iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi.
Hozirda go‘sht egasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan tegishli tartibda ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan hamda iste’molga yaroqsiz deb topilgan go‘sht mahsuloti yo‘q qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter