Departament tezkor tadbirida valyutafurushlar qo‘lga tushdi

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro Sh.R. fuqaro M.R.dan jami 350 000 Rossiya rublini 54,7 so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xonqa va Yangibozor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.O. fuqaro R.M.ga 12 000 AQSh dollarini 152,4 mln so‘mga sotgan vaqtida, fuqaro B.S. fuqaro U.M.ga 3 800 AQSh dollarini 48,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.G‘. fuqaro Sh.K.ga 3 500 AQSh dollarini 44,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter