Departament xodimlari Shahrixonda yer sotayotgan fuqaroni qo‘lga oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Q.J. o‘ziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv jarayonida Q.J. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni o‘z ixtiyori bilan taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter