Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar tashabbusi bilan Sergeli aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Deputatlar tashabbusi bilan Sergeli aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

«ProSkan-2000» raqamli flyurografiya mashinasi.

Foto: «Amico.ru»

Yuqumli kasalliklarni oldini olish, tibbiy ko‘riklarni jadallashtirish, aniqlangan bemorlarni o‘z vaqtida hisobga olish va sog‘lomlashtirish ishlarini to‘liq amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi «Daryo bo‘yi» mahallasining aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Farhod Abdullayev, Xalq deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Mirlaziz Saidov hamda O‘zbekiston «Adolat» SDP Sergeli tuman kengashining so‘roviga Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasining tezkor amaliy javobi sifatida tashkil etildi.

Deputat va shifokorlarning hamkorligi natijasida Sergeli tumani MKTP «Bahor» filialiga harakatdagi «ProSkan-2000» raqamli flyurografiya mashinasida aholini flyuroko‘rikdan o‘tkazilishi ta’minlandi.

Aytish joizki, tibbiy mazkur ko‘rikda mahallaning yuzdan ortiq aholisi o‘z salomatligini tekshiruvdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring