Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan ichimliklarni ma’lum qildi

Diyetolog och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan ichimliklarni ma’lum qildi

Foto: «1zoom.ru»

Tibbiyot fanlari doktori, shifokor-diyetolog Mixail Ginzburg Sputnik radiosiga bergan intervyusida och qoringa ichish xavfli bo‘lgan ichimliklar haqida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalablari suv ichish mumkin, ammo qolgan barcha ichimliklarni sog‘liq holatiga qarab och qoringa iste’mol qilsa bo‘ladi. Chunki ularning ba’zilari oshqozonni bezovta qilishi yoki qonda qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi hech gap emas.

Mana, masalan, sut-qatiq ichimliklari oshqozon shilliq qavati bilan aloqaga kirishganda, og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ovqatlangandan so‘ng bu a’zo yaxshiroq himoyalangan bo‘ladi.

«Oshqozon sog‘lom bo‘lsa, sut bilan ko‘k choy ichish mumkin. Ba’zida sut bilan qahva ichishga ruxsat beriladi», — deya qo‘shimcha qildi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring