Dilbar superyaxtasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan chiqarildi
Frankfurt-Maynda bo‘lib o‘tgan sud Alisher Usmonovga aloqador deb hisoblangan Dilbar superyaxtasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushmasligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Sud qarorida superyaxta «Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi doirasida endi muzlatilgan aktiv hisoblanmaydi», deb qayd etilgan.
Sudga yaxta bo‘yicha da’voni Lürssen (Germaniya) kemasozlik kompaniyasi Germaniya Iqtisodiy masalalar va eksport nazorati bo‘yicha federal boshqarmasi (BAFA)ga qarshi kiritgan edi.
Alisher Usmonovning matbuot xizmati bildirishicha, milliarder sudning ushbu qarorini olqishladi.
Ma’lumot uchun: Dilbar superyaxtasining uzunligi 156 metr bo‘lib, 600 mln dollarga baholanmoqda. Epipaj a’zolari — 96 nafar.
Superyaxta va uning atrofidagi voqealalar bilan batafsil ushbu havolada tanishishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter