Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diplomatlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilandi

Diplomatlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumatning 10-yanvardagi tegishli qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:

  • O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;
  • O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;
  • Bosh konsul, konsul;
  • O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.

O‘quv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.

O‘quv kurslari an’anaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

O‘quv kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan so‘ng yakuniy imtihon topshiradi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Diplomatik akademiya Prezidentning 2022-yil 23-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring