Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga direktor tayinlandi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga direktor tayinlandi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga direktor tayinlandi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-yanvar kuni imzolangan tegishli farmonga ko‘ra, Dmitriy Romanovich Li O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta’lim tizimi ta’minoti sohasida boshlagan, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2017-yil avgust oyidan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi prezidenti ham sanaladi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligining avvalgi direktori Shuhrat Sodiqov 2018-yilning avgust oyi boshlarida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring