Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar kursi bir necha soat ichida keskin oshdi

Dollar kursi bir necha soat ichida keskin oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondagi tijorat banklari bugunning o‘zida dollar kursini ikki bor o‘zgartirishdi.

Soat 9:00 holatiga aksariyat banklar dollarning sotish kursini 11100 so‘m atrofida belgilashgan bo‘lsa, ikki soat o‘tib — 11:00dan keyin narxni birdaniga 100 so‘m qimmatiga, 11210 so‘mdan etib belgilashdi.

Tabiiyki, sotib olish kursi ham 11150 so‘mgacha oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Makaziy bank bugungi kursni 11 033,03 so‘m etib belgilagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring