Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dollar masalasi». Ikki hududda reydlar o‘tkazildi

«Dollar masalasi». Ikki hududda reydlar o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.X. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va M.M. 3 100 AQSh dollarini fuqaro S.M.ga 36,1 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.S. 3 400 AQSh dollarini fuqaro M.E.dan 39,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring