Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar va yevro kursi tushdi

Dollar va yevro kursi tushdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 12-fevralidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Mazkur haftada AQSh dollari kursi -6.38 so‘mga tushdi va bir dollar narxi 8395.15 so‘m bo‘ldi.

Yevro ham -113.08 so‘mga tushdi va 9510.03 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham biroz arzonlab (-0.68), 127.67 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, dollarning rasmiy kursi o‘tgan haftada 8400 so‘mdan oshgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring