Donald Tramp Si Szinpindan maktub olgan

28-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp XXR rahbari Si Szinpindan KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi xususida maktub olganini tasdiqladi.
«Kecha Xitoy rahbari Si Szinpindan Kim Chen In bilan uchrashuvi juda yaxshi bo‘lgani va Kim Chen In men bilan uchrashishni kutayotgani xususida xat oldim. Ayni vaqtda, baxtga qarshi, maksimal bosim va sanksiyalarni ushlab turish kerak!», — deya yozgan Tramp «Twitter»dagi sahifasida.
Kim Chen In ushbu haftada o‘zining ilk xorijiy tashrifini amalga oshirib, Pekinga bordi. Ayni vaqtda aprel oyida ikki koreys davlati rahbarlarining chegaradagi demilitarizatsiyalashgan hudud muhokamasi bo‘yicha uchrashuviga tayyorgarlik ketayapti. Undan so‘ng Kim Chen In va Donald Trampning uchrashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter