Abdulaziz Komilov Donald Trampning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Kecha, 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda ikki tomon munosabatlari holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi hamda zamonaviy xavfsizlikka tahdid bilan kurashishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter