Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘yicha nechta odam sigareta chekadi? Chekuvchilar soni kamaygani rostmi?

Dunyo bo‘yicha nechta odam sigareta chekadi? Chekuvchilar soni kamaygani rostmi?

Foto: «Emaze.com»

Dunyo bo‘yicha ilk bor tamakiga qaram erkaklar soni kamaymoqda. Bu haqda 19-dekabr kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lum qildi.

Tashkilot tomonidan chop etilgan ma’ruzaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ilk bor erkaklar orasida tamaki iste’mol qiluvchilar soni o‘sishi to‘xtadi. «Regnum» 2020-yilda ularning soni 2 millionga qisqarishini yozmoqda. Bu «tamaki epidemiyasida kuchli o‘zgarish»dan dalolat.

JSST ekspertlarining fikriga ko‘ra, erkaklar orasida chekuvchilar soni pasayishiga sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va chekishning zararini tushuntirishga qaratilgan turli aksiyalar sabab bo‘lgan. Albatta, bu borada davlat siyosati ham katta ahamiyatga ega.

— Erkaklar orasida chkuvchilar soni pasayishini birinchi marta ko‘rib turibmiz. Bunga tamaki sanoatiga nisbatan hukumatning qat’iy chora-tadbirlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, — deya ta’kidlaydi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

2020-yilda tamaki iste’mol qiluvchi erkaklar soni dunyo bo‘yicha 1 mlrd 91 mln.gacha, 2025-yilga kelib esa 1 mlrd 87 mln.gacha payishi kutilmoqda. 2018-yilda dunyo bo‘yicha 1 mlrd 337 mln kishi sigareta chekkan. JSSTning fikricha, chekish tufayli yiliga 8 mln kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring