Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda kovidga chalinganlar soni 27 milliondan oshdi

Dunyoda kovidga chalinganlar soni 27 milliondan oshdi

Foto: «Yandex»

Ulardan qariyb 884 ming nafari vafot etdi. Yaqinda qariyb 270 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgani ma’lum qilingandi.

2020-yil 6-sentyabr soat 14:00 holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlar soni 27 079 699 kishiga yetdi, ulardan 883 942 nafari o‘lim bilan tugadi, 19 199 373 kishi tuzaldi. Bu haqda «Worldometer» ma’lumotlari darak bermoqda.

Yaqindagina Yer yuzida 269 491 kishi koronavirusga chalingani va 4 822 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgandi.

AQShda 6 431 152 ta kasallanish (yaqinda — 42 095) va 192 818 ta o‘lim (yaqinda — 707) holati qayd etildi.

Braziliyada 4 123 000 ta kasallanish (yaqinda — 31 199) va 126 230 ta o‘lim (yaqinda — 646) qayd etildi.

Hindistonda 4 110 839 ta kasallanish (yaqinda — 90 600) va 70 679 ta o‘lim (yaqinda — 1 044) qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring