Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng keksa prezident g‘oyib bo‘ldi

Dunyodagi eng keksa prezident g‘oyib bo‘ldi

Dunyodagi eng keksa amaldagi davlat rahbari — Kamerun prezidenti Pol Biya mamlakatdan chiqib ketganiga ikki oy bo‘ldi. Shundan beri daragi yo‘q, bu esa prezidentning sog‘lig‘i haqida turli savollarni keltirib chiqarmoqda, deb yozmoqda ABC News.

93 yoshli Biya 1982-yildan beri Kamerunga rahbarlik qilib keladi. U 7 iyun kuni mamlakatni tark etgan. O‘shanda prezident ma’muriyati davlat rahbari Yevropaga «qisqa muddatli shaxsiy tashrif» bilan yo‘l olganini ma’lum qilgan.

Biroq Biyaning safari kutilganidan ancha uzoqqa cho‘zildi. Natijada uning xorijda bo‘lish muddati prezidentlik davridagi eng uzoq safarlaridan biriga aylandi.

ABC News yozishicha, Biyaning sog‘lig‘i bir necha yildan beri jamoatchilik e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Prezident Fransiya va Shveysariyada uzoq vaqt qolib ketishi bilan ham tanilgan.

Shu bilan birga, Kamerunda davlat boshqaruvining ayrim vazifalarini amalda Biyaning partiyasi va oilasiga yaqin shaxslar bajarib kelayotgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring