Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng badavlat 500 kishisi bir kunda 336 mlrd dollarga boyidi

Dunyoning eng badavlat 500 kishisi bir kunda 336 mlrd dollarga boyidi

Foto: Reuters

15-iyun dunyoning eng badavlat kishilari uchun ajoyib kun bo‘ldi. Nyu-Yorkdagi savdolar yakuniga ko‘ra, jahonning eng boy 500 kishisining boyligiga 336 milliard dollar qo‘shildi, deb xabar berdi Bloomberg.

Bu kuzatuvlar tarixidagi eng katta kunlik o‘sishdir.

Eng bosh 500 kishining umumiy boyligi rekord darajadagi 13,3 trillion dollarga yetdi.

Dunyodagi birinchi trillioner — Ilon Mask boshqalardan ancha uzoqlashib ketdi — uning boyligi 10 foizdan ko‘proqqa oshib, 1,27 trillion dollarni tashkil etdi.

Dushanba kuni AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash bo‘yicha oraliq kelishuvga erishganidan keyin bozorlarda ijobiy kayfiyat kuzatildi. O‘tgan haftada Space X kompaniyasi o‘z IPOsi (aksiyalarini birlamchi joylashtirish) bilan katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ushbu ijobiy holat Dow Jones Industrial Average indeksini rekord darajaga ko‘tardi, Nasdaq 100 va MSCI World Index indekslari esa tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichlarga yaqin darajada yopildi.Chakana treyderlar Space X kompaniyasi aksiyalarini sotib olishga shoshilgani sababli, ushbu kompaniya boyliklar o‘sishining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Uning bozor qiymati 20 foizga ko‘tarilib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring