Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng toza ekologik shaharlari reytingi tuzildi

Dunyoning eng toza ekologik shaharlari reytingi tuzildi

Foto: «Skyscanner.ru»

Dunyoning eng ko‘kalamzorlashtirilgan va eng toza ekologik shaharlari ro‘yxati tuzildi. Reytingda Vena yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi «Lonely Planet».

Konsalting kompaniyasi yirik shaharlarni bir qancha mezonlarga ko‘ra baholadi. Jumladan, tadqiqotchilar ko‘kalamzorlashtirilgan jamoat joylari, piyodalar sayr qilish uchun ajratilgan hududlar, havoning ifloslanganlik darajasi, qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya iste’moli, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan suv miqdori, jamoat transportidan foydalanuvchi odamlar soni, fermerlik bozorlariga ahamiyat berishdi.

Reytingda Vena yetakchilik qilmoqda. U yerda bog‘-rog‘lar va dam olish maskanlari, qulay jamoat transporti mavjud. Ustiga-ustak, aholining yarmi yillik yo‘l chiptasiga ega: atrof-muhitni iflos qiluvchi shaxsiy avtotransportdan foydalanishdan voz kechishgan.

Ikkinchi o‘rinni Myunxen egallagan. Bu shaharda ham bog‘-rog‘lar juda ko‘p, rivojlangan jamoat transporti tizimi esa yo‘llarda shaxsiy avtomobillar sonini kamaytirishga hamda shahar havosini tozalashga imkon berdi.

Ro‘yxatdagi uchinchi pog‘ona Berlinga nasib etdi. U yerda sayr qilish uchun joylar juda ko‘p, Yevropa bo‘yicha aholi jon boshiga suv iste’moli minimal darajada va jamoat transport tizimi ham taraqqiy etgan.

Madrid to‘rtinchi o‘rinda. Ispaniya poytaxtida botanika bog‘lari ko‘p. Shuningdek, piyodalar sayr qilishi uchun joylar yetarlicha topiladi.

Reytingdagi beshinchi pog‘onani San-Paulu egalladi. Braziliya megapolisida fermerlik bozorlari ko‘p. Aholisi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan nisbatan ko‘p foydalanishadi.

Kuchli o‘ntalikka Manchester, Lissabon, Singapur, Amsterdam va Vashington ham kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring