Dunyoning «ikkinchi boyi» o‘zgardi

Amerikaning Oracle kompaniyasi asoschilaridan biri, 80 yoshli Larri Ellison, Mark Sukerberg (Meta)ni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishilari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bloomberg milliarderlar indeksida Ellisonning boyligi 251,2 mlrd dollarga baholangan.
Tesla rahbari Ilon Mask hamon birinchi o‘rinda — 358 mlrd dollar.
Larri Ellison milliarderlar ro‘yxatida yuqorilashiga sabab — sun’iy intellekt texnologiyalari o‘ta ommalashayotgani. Oracle aksiyalari «sun’iy idrok vasvasasi» asosiy benefitsiarlaridan biriga aylandi va ularning qiymati salkam uch baravarga oshdi. Oxirgi oylarda Oracle bulutli hisoblashlar sohasida yirik shartnomalarga erishdi, muhim mijozlardan biri — OpenAI kompaniyasi.
Ellison Oracle qimmatbaho qog‘ozlarining taxminan 35,4 foiziga egalik qiladi. Qolaversa, u 2018-yilda Tesla kompaniyasining 3 mln dona aksiyasini xarid qilgan va 2020-yilgi ma’lumotga ko‘ra, kompaniyadagi ulushi 2 foizga yetgan. 2018-yilda kompaniyaning direktorlar kengashiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter