Durangga rozi bo‘lmagan o‘smirlarimiz Osiyo kubogi finaliga chiqishdi
![Durangga rozi bo‘lmagan o‘smirlarimiz Osiyo kubogi finaliga chiqishdi](http://static.xabar.uz/crop/9/0/720_460_95_900378491.jpg)
Bugun Osiyo kubogi U17 saralashi doirasidagi O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vakillarimizning irodali g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Zaxiradan maydonga tushgan Mamadalixon Olimov durang «pishib turgan» pallada, 88-daqiqada g‘alaba golini kiritdi — 3:2. Kambek!
Bruney 14:0 hisobida mag‘lub etilgan birinchi o‘yindan qolishmaydigan natija. O‘zbekiston 2 o‘yindan keyin 6 ochko bilan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Osiyo kubogi U17 saralashi
O‘zbekiston U17 — Janubiy Koreya U17 — 3:2
Hakam: Bijan Haydari (Eron)
Gollar: Byungxon 72 (o‘z darvozasiga), Lazizbek Mirzayev 81, Mamadalixon Olimov 88 – Kang Min Vu 26, Byungxon 77.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter