DXX favqulodda vaziyatlar xodimini 700 mln so‘m bilan qo‘lga oldi
Joylarda yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.
Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 mlrd. so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 mln. so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.
Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun berilgan 35 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter