Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Surxondaryoda yirik jinoiy guruhni qo‘lga oldi

DXX Surxondaryoda yirik jinoiy guruhni qo‘lga oldi

DXX «Afg‘oniston-Tojikiston-O‘zbekiston» yo‘nalishida Sariosiyoda o‘tkazilgan tadbirda 3 nafar fuqaro ketayotgan «Lasetti» mashinasida 670 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlandi.

Ular sariosiyolik, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan sudlangan shaxsdan 2800 AQSh dollariga olingani ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olindi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida «Darband» YPX maskanida 3 nafar shaxs ketayotgan «Neksiya 2» salonida 9 kg. 410 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, Nurobod tumanida ushbu narkotik moddaning ma’lum bir qismini olayotganda Samarqand va Andijon shaharlarida yashovchi 3 nafar fuqaro ham ushlandi.

Shuningdek, Denovda yashovchi fuqaroning uyida 964 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 11 nafar shaxs ushlanib, ulardan 11 kg. 44 gr. «gashish» moddasi musodara qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring