Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX to‘rt hududda maxsus tekshiruv o‘tkazdi

DXX to‘rt hududda maxsus tekshiruv o‘tkazdi

Foto: Xabar.uz

DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va IJQK departamenti xodimlari hamkorligida tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi 2 ta MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining o‘quv binolarini ta’mirlash uchun ajratilgan jami 1 mlrd. 235 mln. so‘m pul mablag‘ining 177,6 mln. so‘mini hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish orqali noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi.

— Amudaryo tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining o‘qituvchisi o‘z hamkasbining ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni malaka toifasi olish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

— Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktori esa fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSh dollari olayotganida qo‘lga olindi.

— DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1999-y.t. shaxs 2 nafar fuqaroni poytaxtdagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 24 mln. so‘m olganida ushlandi.

— Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi, 1992-y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs 1991-y.t. fuqaroni hokimiyat idoralarida ishlovchi tanishlari orqali «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali xonadon sotib olishi uchun subsidiya olishida yordam berish evaziga 400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring