Dzyudochimiz Parijda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida «Katta Dubulg‘a» tasnifiga kiruvchi «Paris Grand Slam 2020» turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Kechagi kunning -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboyev kumush medal sohibiga aylandi.
Sharofiddin hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik Mattias Kessega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv taqdirini hakam tomonidan berilgan uchta shido, ya’ni ogohlantirish hal qildi.
Shu tariqa, Boltaboyev nufuzli musobaqaning kumush medali hamda 700 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Sharofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, yarim final bellashuvida yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun kelgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Manba: minsport.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter